Bo’lim: Мероприятия

  • 💜 EMU UNIVERSITY’DA REPRODUKTIV SALOMATLIK SEMINARI

    💜 EMU UNIVERSITY’DA REPRODUKTIV SALOMATLIK SEMINARI

    EMU University’da «Reproduktiv salomatlik. Ona va bola salomatligi» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

    Seminar davomida reproduktiv salomatlik, ona va bola salomatligini muhofaza qilishga oid muhim masalalar yoritildi. Ishtirokchilar mavzu yuzasidan bilimlarini boyitib, interaktiv jarayonlarda faol qatnashdilar.

    Seminar yakunida faol ishtirokchilar e’tirof etildi.

    📸 Seminardan fotolavhalar.

  • VII XALQARO TIBBIYOT OLIMPIADASI — «SAMARQAND–2026»

    VII XALQARO TIBBIYOT OLIMPIADASI — «SAMARQAND–2026»

    2026-yil 11–12-dekabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida VII Xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tadi.

    🏆 Olimpiada yo‘nalishlari:

    ▪️ 45 ta fundamental va klinik tibbiyot fanlari
    ▪️ Ilmiy loyihalar tanlovi
    ▪️ Universitet jamoalarining videotaqdimoti
    ▪️ Eng yaxshi startap loyihalari tanlovi

    Ishtirok etish tartibi:

    Har bir oliy ta’lim muassasasidan 10 nafargacha talaba ishtirok etishi mumkin. Har bir ishtirokchi faqat bitta fan yo‘nalishini tanlaydi.

    📅 Hujjatlarni topshirish muddati: 2026-yil 20-noyabrgacha.
    🌐 Rasmiy saytlar: sammu.uz
    📞 Koordinator: Payzullayeva Umida Furqatovna

    ☎️ +998 90 193 93 09 (Telegram, WhatsApp)

    Olimpiada g‘oliblari diplomlar, ishtirokchilar esa sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

  • Maydonga, sahnaga yoki minbarga — tanlov sizda! 🏆

    Maydonga, sahnaga yoki minbarga — tanlov sizda! 🏆

    17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Biznes va ijtimoiy yo‘nalishlar fakulteti uchta tadbirga taklif qiladi:

    ⚽️ Sport musobaqasi — 9–14-noyabr, EMU sport kompleksi
    🎤 Talantlar shousi — final 17-noyabr, 15:00, Alfred Nobel zali
    📚 Talabalar konferensiyasi (iqtisodchilar uchun) — 17-noyabr, 10:00, Alfred Nobel zali

    👥 Barcha EMU University talabalari uchun!

    📝 Ro‘yxatdan o‘tish: talabalarkuni.netlify.app

    G‘oliblarga — diplom, kubok va qimmatbaho sovg‘alar, barcha ishtirokchilarga — sertifikat.