Автор: Bobomurotov Faxriyor

  • Ilk bor Salomatlik volontyorlari qurultoyiga start berildi

    Bugun EMU University tarixiy voqeaga mezbonlik qildi.

    O’zbekiston Yoshlar ishlari agentligi hamda O’zbekiston Sog’lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi hamkorligida ilk bor Salomatlik volontyorlari qurultoyiga start berildi.

    Qurultoy mamlakatimizda salomatlik volontyorlari harakatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarni sog’lom turmush tarzini targ’ib etishga keng jalb qilish hamda davlat va nodavlat tashkilotlari o’rtasidagi samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

    EMU University ushbu nufuzli tadbirga mezbonlik qilish orqali sog’liqni saqlash sohasida yetuk kadrlarni tayyorlash va ijtimoiy tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash borasidagi o’zining faol pozitsiyasini yana bir bor namoyon etdi.