Joriy yilning 14-yanvar kuni EMU Universityga Ichki Ishlar Vazirligi akademiyasi tinglovchisi A.M. Mirzabayev tashrif buyurdi va universitet talabalari bilan “Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. So‘ng “Vatan himoyachilari” kuni munosabati bilan universitet rahbariyati tomonidan bir qator pedagog va xodimlarga tashakkurnomalar topshirildi.


