Momentum MSCA dasturi bilan ilmiy faoliyatingizni yangi bosqichga olib chiqing!

Hurmatli EMU University xodimlari! Ilmiy faoliyatingizni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlardan foydalaning! Vengriya Fanlar akademiyasi (MTA) tomonidan Marie Skłodowska-Curie Actions (MSCA) dasturi ko’magida amalga oshirilayotgan Momentum MSCA dasturi orqali moliyalashtirish imkoniyatini qo’ldan boy bermang. Dastur moliyalashtirish va 5 yilgacha bo’lgan ish haqini taklif etadi. Stajirovka davomiyligi: Qisqa muddatli stajirovkalarni (1-3 oy) o’z ichiga olgan holda 36 oygacha. Dastur, tanlov mezonlari va ariza berish jarayoni haqida batafsil ma’lumotni rasmiy veb-saytida topishingiz mumkin: https://momentummsca.mta.hu/